• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Rentgen-spektral laboratoriyasi namuna olish va namunani yetkazib beruvchi elektromexanik

28 Mart 2024, 11:55 1088

2024-yil 29 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Talablar

  • Ma'lumoti: oliy texnik;
  • NO’A va A yoki elektrotexnika sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
  • Davlat tilini bilish;
  • Chet tilini bilishi e’tiborga olinadi;

Asosiy ko’nikmalar

  • Namuna olish va namuna yetkazish uskunalarini o'rnatish, ta'mirlash, sozlash va ishlatishni bilish;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlay olish;
  • Mustaqil ravishda yozma fikr bildira olish, uslubiy tavsiyalar tuzish;
  • Qo'l ostidagi xodimlar bilan aloqa qila olish;
  • Texnik hujjatlar, ko'rsatmalar va qoidalar bilan ishlay olish;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalana olish;
  • Tashkilotchilik qobiliyatlar;
  • Namuna olish tizimlarining ishlashini monitoring qilish natijalarini tahlil qila olish.

Vazifalar

  • Yanchish va flotatsiyalash sexi va Mis molibden kontsentratlarini saralash va filtrlash sexining namuna olish va namuna yetkazib berish tizimi ishonchli, xavfsiz va muammosiz ishlashini ta’minlash.
  • Yanchish va flotatsiyalash sexi va Mis molibden kontsentratlarini saralash va filtrlash sexining namuna olish va namunalarni yetkazib berish uskunalarini yaxshi texnik holatda saqlash.
  • Namuna olish va namunalarni yetkazish tizimi orqali namunalar o’z vaqtida yetib borishini ta'minlash.
  • Qo’l ostidagi ishchi-xodimlar tomonidan ichki mehnat tartib qoidalar, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech