• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Hisoblash texnikasi ta'mirlash bo'yicha elektromexanik

27 Mart 2024, 17:1 508

2024-yil 29 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Talablar

  • Ma’lumot: o'rta maxsus;
  • Ish staji: talab qilinmaydi;
  • Kompyuterlarni, ofis jihozlarini va qo’shimcha qurilmalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha amaliy tajriba.

Vazifalar:

  • Vazifa bilan belgilangan ishni samarali va o'z vaqtida bajarish;
  • Unga biriktirilgan uskunaning yaroqliligi va xavfsizligini nazorat qilish;
  • Doimiy ravishda o'zlarning bilim va ish ko'nikmalarini darajasini oshirish;
  • 3-MBF ichki qoidalariga rioya qilish, ish joyida chekmaslik va spirtli ichimliklar ichmaslik;
  • Yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yong'in o'chirish uskunalaridan foydalana olish;
  • Jamoa o'rtasida xavfsiz ishlash qoidalarining bajarilishini nazorat qilish.

Ko'nikmalar:

  • Elektrotexnika va elektronika asoslarini bilish;
  • Nusxa ko'chirish mashinalarining turli tizimlarining ishlash tamoyillari va konstruksiyalarini bilish;
  • Zamonaviy printerlar, skanerlash qurilmalarining ishlash tamoyillari va konstruktiv xususiyatlarini bilish;
  • Mikroprotsessorlar asosidagi elektron qurilmalarning strukturaviy, elektr va boshqa xususiyatlarini bilish;
  • Mikroprotsessorli qurilmalar va mahsulotlarni diagnostika qilish va ta'mirlash usullarini bilish;
  • Windows 10, Windows 11 operatsion tizimlari va dasturlarini o'rnatish va sozlay olish;
  • Tarmoq uskunasining ishlash tamoyillarini, tarmoq protokollarini bilish;
  • Domen xizmatlari, pochta xizmatlari bilan ishlay olish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech