• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektromexanik

25 Yanvar 2024, 16:26 675

2024-yilning 26-yanvaridan 4-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlardagi mutaxassislik bo'yicha kamida 3 yil
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifasi:

  • Sexda elektr inshootlarining ishonchli, tejamkor, muammosiz va xavfsiz ishlashini ta'minlash
  • Elektr energiyasidan oqilona foydalanish va elektr energiyasining solishtirma sarfini kamaytirishni ta'minlash
  • Sexlar ehtiyojlariga mos ravishda elektr jihozlari va elektr ta'minotining ish rejimlarini ishlab chiqish
  • Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash
  • Energetika uskunalarini rejadan tashqari ta'mirlashni bartaraf etish, ta'mirlashda uning to'xtab qolish vaqtini qisqartirish, ta'mirlash sifatini oshirish, uning tannarxini pasaytirish va jihozlarni kapital ta'mirlash muddatini ko'paytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Talablar:

  • “Energetika” yo‘nalishi bo‘yicha oliy texnik ta’lim yoki yo'nalish bo'yicha o'rta kasb-hunar ta'limi va ish tajribasi
  • Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 3 yil ish tajribasi.
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.)

Malaka talablari:

  • Yuqori turuvchi organlarning farmoyishlari, elektr aloqa vositalarini ishlatish bo‘yicha uslubiy, me’yoriy va boshqa yo‘l-yo‘riq materiallarini bilish.
  • Hujjatlar bilan ishlashni bilish.
  • Mustaqil qaror qabul qilish, mustaqil ravishda yozma fikr bildira olish va h.k.;
  • Yuk ko'taruvchi mexanizmlar va kranlarni loyihalash va xavfsiz ishlatish qoidalari;
  • Uskunalarning texnik tavsifi va uni ishlatish qoidalari
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
  • Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi darajasida ishlash

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech