Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektromontajchi-sozlovchisi

03 Fevral 2026, 14:43 928

2026-yilning 3-fevraldan 13-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Mis boyitish fabrikasining ishlab chiqarish uchastkalarida TJABT uskunalarini, NO’A va A asboblarini, NO’A va A datchiklarini hamda shkaflarni o‘rnatish va montaj qilish.

Ish tarkibi:

  • Kabel mahsulotlarini o’tkazish: taqsimlash shitlaridan asboblar va avtomatika shkaflarigacha kabellarni tortish.
  • Nazorat kabellarining tolalarini joylash, “prozvonka” qilish (tekshirish), markalash va ulash.
  • Pnevmatik va gidravlik tarmoqlarni (impuls quvurchalari hamda pnevmatik va gidravlik tizimlarning quvurlarini) montaj qilish.
  • Avtomatik nazorat va rostlash shitlari hamda shkaflarini o‘rnatish. Elektr sxemalariga muvofiq asboblarni ulash va shkaflarni yig‘ish.
  • Balandlikda montaj ishlarini bajarish.
  • Ijro mexanizmlarini o‘rnatish va ularni rostlovchi agregat qismi bilan mexanik bog‘lash.
  • Pnevmatik va gidravlik tizimlar birikmalarining germetikligini tekshirish.
  • Birikmalarining ulanishi to‘g‘riligini va tizimning ishga yaroqliligini tekshirish.
  • O‘rnatilgan asboblar va apparaturani ishlatib ko’rish.

Malaka talablari:

  • Ma’lumoti: O‘rta maxsus yoki oliy texnik.


Mutaxassislik:

  •  Avtomatlashtirish, nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika, elektronika hamda asbobsozlik yo‘nalishlari bo‘yicha.
  • Elektromexanika yoki elektrotexnika yo’nalishlari bo’yicha faqat oliy
  • Balandlikda ishlashga layoqatlilik.
  • Mutaxassislik bo‘yicha ish staji – talab etilmaydi.

Bilim  va  ko‘nikmalarga  talablar:

  • Montaj va prinsipial sxemalar hamda chizmalarni o‘qiy olishi.
  • Texnik adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
  • Elektr qurilmalarida ishlashda ehtiyot choralarini bilish.
  • O‘rta maxsus ta’lim hajmida elektronika, elektrotexnika va issiqlik texnikasi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech