• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr jihozlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha elektromontyor

16 May 2024, 13:22 6887

2024-yilning 17 maydan 24 mayga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodiga elektr jihozlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha elektromontyor yoʻnalishi boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi – shtat jadvali asosida to‘lanadi. (Kelgusida ushbu kasbda muvaffaqiyat qozongan nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi);
  • Talab qilinadigan ish staji: 3 yildan kam bo‘lmagan;
  • Bandligi: to’liq ish kuni.

Majburiyatlari

  • Smena davomida sexning elektr jihozlarini ko'zdan kechirish va tekshirish;
  • Elektr qurilmalaridagi nosozliklarni bartaraf etish;
  • Doimiy va favqulodda yoritish uskunalarini holatini kuzatib borish;
  • Yoritgichlarning lampalarini o‘z vaqtida almashtirish va yoritish liniyalarini ta’mirlash;·  
  • Zaxira va ishlayotgan uskunalar va yerlagichlarni holatini kuzatib borish;·      
  • Operativ almashlashni amalga oshirish;        
  • Ta'mirlash guruhlarini naryad va farmoyish asosida ishga qo’yish;       
  • Uskunani ta'mirlashga tayyorlash va ta'mirlashda ishtirok etish;     
  • Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda havfsizlik qoidalari, ichki mehnat qoidalari va amaldagi yo’riqnomalarga rioya qilish;        
  • Uskunaning ishdan chiqishi, avariya, yong'in xavfi yoki baxtsiz hodisa bo'lgan taqdirda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasiga muvofiq ishtirok etish.

Qo’yiladigan talablar va ko'nikmalar

  • Ma’lumot: Ushbu kasb bo'yicha o'rta maxsus.
  • Bilimi:
  • Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda havfsizlik qoidalari;
  • Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari;
  • Elektr qurilmalarida ishlatiladigan himoya vositalarini qo'llash va sinovdan o'tkazish qoidalari;
  • Umumiy xavfsizlik qoidalari;
  • Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish;
  • Elektr qurilmalari bilan ishlash ko'nikmalari.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech