Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Erituvchi

17 Sentyabr 2026, 11:8 999

2026-yilning 17-sentabrdan 21-sentabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari: 

  • Katodli ruxni qayta eritish ishlarini belgilangan texnologiyaga muvofiq bajarish.
  • Katodli ruxni eritish pechiga yuklashga tayyorlash.
  • Eritish pechiga katodli ruxni yuklashni bajarish.
  • Eritish jarayonini belgilangan texnologik rejimga rioya qilgan holda olib borish.
  • Eritilgan rux haroratini va eritish jarayonining asosiy parametrlarini nazorat qilish.
  • Eritilgan ruxni chiqarish va uni qoliplarga quyish.
  • Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish;
  • Rux metallini belgilangan talablarga muvofiq bog‘lash va qadoqlash ishlarini bajarish.
  • Eritish pechi, quyish uskunalari va yordamchi mexanizmlarning sozligini nazorat qilish.
  • Ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish.
  • Ish joyi va jihozlarni tegishli holatda saqlash.

 Talablar: 

  • Maʼlumoti: Metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli (metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha) talabgorlarga – ishlab chiqarish korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Eritilgan metall bilan xavfsiz ishlash qoidalarini bilish.
  • Ushbu kasb bo‘yicha ishlarni bajarishga tibbiy qarshi ko‘rsatmalarning yo‘qligi.
  • Bandligi: to'liq ish kuni.

 Asosiy koʻnikmalar: 

  • katodli ruxni qayta eritish;
  • katodli ruxni eritish pechiga tayyorlash va yuklash;
  • eritish jarayonini boshqarish va nazorat qilish;
  • erigan metall haroratini nazorat qilish;
  • eritilgan ruxni chiqarish va quyish;
  • IRK (ИЦК), F60 eritish pechi va quyish uskunalari bilan ishlash;
  • rux metallini bog‘lash;
  • erigan metall bilan xavfsiz ishlash;
  • mehnatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech