• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Yuklovchi mashina mashinisti

31 Yanvar 2024, 8:31 1324

2024-yilning 31-yanvaridan 5-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ  Avtomobil transport boshqarmasiga (Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani) quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Kerakli ish tajribasi:  yuklovchi mashinasi  mashinisti  vazifasida 1 yildan kam bo‘lmagan staj;

Tegishli toifadagi yuklovchi mashina mashinisti guvohnomasi A.B.C.D.E;

Bandlik: to‘liq kun.

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish;
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish;
  • Ishlab chiqaruvchilarning ko‘rsatmalariga muvofiq, ish paytida texnikadan maqsadga muvofiq foydalanish;
  • Mashinani texnik jihatdan soz holatda saqlash;
  • Texnika va uning mexanizmlariga texnik reglamentga muvofiq o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash.

Talablar:

  • O‘rta maxsus ma'lumotga talablarsiz,18 yoshdan kichik bo‘lmagan, yuqori kasbiy malakaga ega, og‘ir yo‘l qurilishi mashinasida ishlash vakolatiga ega bo‘lishi;
  • Yuklov mashinasi mashinisti vazifasida kamida bir yillik ish tajribasi;
  • A.B.C.D.E.toifali traktorchi guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi,

 Toshkent viloyatida ish taklif etiladi;

  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi tajriba va ko‘nikmalar;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Yuklovchi mashinaga  texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech