Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

G'alvirlovchi

01 May 2026, 16:27 564

2026-yil 1-maydan 10-mayga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga rezyumelar qabul qilinadi.

Vazifalari:

  • G’alvirlash jarayoni uchun belgilangan ishlab chiqarish ko’rsatgichlarini sifatli bajarishni ta’minlash;
  • Ishlab chiqarish ob'ektlarida g’alvirlash uskunalariga xizmat ko'rsatish, nosozliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ishlarni bajarish;
  • G’alvirlagichlarning ishlashini nazorat qilish, shuningdek ularda kichik ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
  • Kichik ta’mirlash, asbob-uskunalarni ishga tushirish va o’chirish ishlarini amalga oshirish;
  • Xizmat koʻrsatadigan ish maydoni va butun uzunligi boʻylab uzilishlarsiz g’alvirlagichlarning barqaror ishlashini ta’minlash.

Talablar:

  •  Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish  korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Ishga joylashish: to'liq ish kuni.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Foydali qazilmalarning fizik-kimyoviy xossalari;
  • Ishlatiladigan uskunalar moylari;
  • G’alvirlagichlarning ishlash printsipi;
  • Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
  • G’alvirlagichlarning xususiyatlari va yuzasi kattaligi, hajmi, ularga qoʻyilgan talablarni bilishi;
  • Turli dizayndagi g’alvirlagichlar bilan ishlash koʻnikmalari bilishi;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech