Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Avtomobil haydovchisi (yuk tashuvchi)

05 Iyun 2026, 10:42 1753

2026-yilning 5-iyundan 8-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyatlar:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish;
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish;
  • Kombinat ob'ektlariga turli yuklarni tashish;
  • Texnik reglamentga muvofiq avtomobilga yuqori sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish;
  • "B" va "E"  yoki "C" va "E" toifadagi avtotransport vositalari sifatida tasniflangan barcha turdagi va markalardagi yengil va yuk avtomobillarini boshqarish;
  • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.

 Тalablar:

  • Ma'lumoti: O‘rta maxsus (kasb-hunar) ta'lim, haydovchilik guvohnomasi “В”, “С”, “Е”;
  • Ish tajribasi:Yo'nalishi bo'yicha 1 yildan kam bo`lmagan staj va ish tajribasi.

Asosiy ko`nikmalar:

  • Tegishli toifadagi avtotransport vositalarini haydash tajribasi;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Jismoniy jihatdan baquvvat va mehnatga layoqatli boʻlish;
  • Jamoada ishlay olish qobiliyati;
  • Masʼuliyatli va intizomli boʻlish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport;
  • Diplom (agar bo‘lsa), haydovchilik guvohnomasi;
  • Mehnat daftarchasi yoki gov.uz  portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

    Bo`lishmoq:
    Text to speech