Informatika va axborot texnologiyalar fani oʻqituvchisi yoʻnalishi boʻyicha oʻqituvchi
05 Avgust 2024, 13:16
2335
2024-yilning 5-avgustdan 25-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Muhandislik maktabiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
- Talab etiladigan pedagogik ish tajribasi: 3-5 yil;
- Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
- Bandligi: toʻliq ish kuni.
Vazifalari:
- barcha oʻquv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) boʻyicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgilangan maʼruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish;
- tinglovchilarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- tinglovchilar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
- yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturlarni takomillashtirib borish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh yoʻnalishlar tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, shuningdek, muhandislik maktabi direktorining topshirigʻiga binoan qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar berish;
- ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama qilish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
- taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash;
- tinglovchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- tajribali oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
- taʼlim xizmati koʻrsatish tizimini keng rivojlantirish;
- xorijiy hamkorlar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Bilishi kerak:
- Pedagogik faoliyatga tegishli qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, maktab direktori buyruqlarining mohiyati, yoʻnalishlar yillik va istiqboli rejalar.
- Informatika va axborat texnologiyalar, dasturlash tillari, loyihalash va grafik dasturplar bilan ishlash, mikroprotsessor texnikasi asoslari, robototexnika
Malaka talablari:
- pedagogik faoliyatida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
- yoʻnalishi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlishi zarur;
- namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi zarur;
- tinglovchilarga talabchan boʻlishi zarur.
Talablar:
- Maʼlumot – taʼlim yoʻnalishi boʻyicha magistr yoki ilmiy daraja;
- Oʻquvchilar bilan muloqot qilish qobiliyati;
- Faoliyat samaradorligini baholash;
- Ish faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnoligiyalaridan foydalanish (AKT);
- Tinglovchilarning muhandislik qobiliyatlarini shakllantirish.
Asosiy koʻnikmalar:
- Muomala madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, moyillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).