• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Jihozlar va materiallarni komplektlash bo‘yicha katta texnik

05 Fevral 2024, 11:40 1812

2024-yilning 5-fevralidan 11-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Olmaliqmetallurgqurilish" trestiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyatlari:

  • Korxonaning bo'limlari va omborlarida materiallar va jihozlarning mavjudligini nazorat qilish;
  • Sifatsiz mahsulotlar bo'yicha hisobotlarni o'z vaqtida tayyorlash;
  • Uskunalar va materiallarning ortiqcha zahiralarini oldini olish choralarini qo'llash;
  • Omborlarda o'rnatilmagan yoki foydalanilmayotgan asbob-uskunalar va materiallarning saqlanishini oldini olish choralarini qo'llash.

Talablar:

  • O‘rta maxsus maʼlumoti;
  • Ushbu sohada ish staji

Asosiy ko'nikmalari:

  • Shartnomalar, arizalar tuzish, ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish
  • Hisobot va logistika
  • Uskunalar, butlovchi qismlar va materiallarning texnik tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida ish taklif etiladi
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi
  • Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech