Jismoniy tarbiya yo`riqchisi
20 Sentyabr 2024, 14:49
1890
2024-yil 20 sentyabrdan 26 sentyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Majburiyatlar:
- Bolalarni jismoniy rivojlantirish boʻyicha oʻquv mavzu rejalarini tuzish;
- Guruhlarda ertalabki badantarbiya mashqlarini oʻtkazishda tarbiyachilar bilan
hamkorlikda ishlash;
- Tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosadigan shaxslar)tomonidan jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, musobaqalar, sogʻlomlashtirish kunlari va boshqa dam olish tadbirlarining tashkil etilishini va oʻtkazilishini taʼminlash;
- Bolalarni amaliyotda suzishga oʻrgatadigan yangi texnologiyalar va yangi dasturlarni joriy etish;
- Har bir guruh uchun suzishga oʻrgatish mashgʻulotlari jadvalini tuzish, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib, tasdiqlangan dasturlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;
- Reja asosida tarbiyalanuvchilarning suv havzasida harakat faolligini nazorat qilish, suzish boʻyicha sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini olib borish;
- Maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari asosida suzish boʻyicha Malaka koʻnikmalarni oʻzlashtira olmayotgan bolalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtkazish;
- Mashgʻulotlar paytida tarbiyalanuvchilar sogʻligi va xavfsizligiga javobgar shaxs hisoblanib, oʻzining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlashning metodik usullarini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Тalablar:
- Ma'lumoti: Оliy;
- Ish tajribasi: mutaxassislik bo'yicha kamida 3 yil;
Ko'nikmalar:
- bolalar bilan muloqot qilish ;
- ota-onalar bilan muloqot qilish
- samaradorlikni baholash.
- shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
- orgtexnika vositalaridan foydalanish.
Asosiy ko`nikmalar
- Amaldagi maktabgacha taʼlim sohasidagi, jismoniy tarbiya va suzish boʻyicha bolalar sportini rivojlantirishga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
- Bolaning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha koʻrsatmalarni;
- Maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari va amaldagi taʼlim dasturlari mazmunini;
- Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogika va psixologiyasi asoslari hamda bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini bilishi kerak.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).