Yuriskonsult
06 Sentyabr 2024, 9:57
3729
2024-yil 6 sentyabrdan 16 sentyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Yuriskonsult yoʻnalishi boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi
Maʼlumoti:
Bilim va ko‘nikmalar:
- fuqarolik va shartnoma huquqi;
- da'volar va vositachilik ishlari;
- mehnat qonunchiligi;
- korporativ huquq;
- davlat organlari va pudratchilar bilan ishlash.
Asosiy vazifalar:
- Tarkibiy bo'linmalarga huquqiy yordam ko'rsatish, da'volar bilan ishlash, sudda kombinat manfaatlarini himoya qilish;
- jamiyat mulkining saqlanishini ta'minlash masalalari bilan bog'liq hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish (moddiy javobgarlik shartnomalari; ko'rsatmalar, qoidalar va boshqa lokal hujjatlar);
- farmoyishlar, yo‘riqnomalar, nizomlar, standartlar va boshqa huquqiy xarakterdagi hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, zarur hollarda ushbu hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda chiqarilgan lokal hujjatlarga o‘zgartirish yoki bekor qilish choralarini ko‘rish;
- jamoa shartnomalarini, tarmoq bitimlarini tayyorlash va tuzishda, korxonada mehnat intizomini mustahkamlash, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- shartnoma, moliyaviy va mehnat intizomini mustahkamlash, korxona mulkining saqlanishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- majburiy undirishni talab qiluvchi qarzlarni aniqlash maqsadida debitorlik qarzlarining holati to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish, umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha takliflar bo‘yicha xulosalar tayyorlanishini ta’minlash.
Shaxsiy sifatlar:
- yetakchilik fazilatlari va jamoani rag'batlantirish qobiliyati;
- ajoyib muloqot qobiliyatlari va boshqaruvning turli darajalari bilan o'zaro munosabatda bo'lish qobiliyati;
- strategik fikrlash;
- ko'p vazifali va stressli vaziyatlarda ishlash qobiliyati;
- jamoada ishlay olish;
- mijozlarga yo'naltirilgan bo'lish;
- muloqotning axloqiy va madaniy me'yorlariga rioya qilish;
- qonun hujjatlaridagi o'zgarishlarni kuzatish va tushunish;
- qog'oz va elektron hujjat formatlari bilan ishlash.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).