• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Kadrlar malakasini oshirishda masofaviy mashgʻulotlar tashkil etish boʻyicha Ishlab chiqarish taʻlimi ustasi

13 Iyun 2024, 16:53 1606

2024-yilning 14-iyundan 21-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ O'quv markazi kadrlar malakasini oshirishda masofaviy mashgʻulotlar tashkil etish boʻyicha Ishlab chiqarish taʻlimi ustasi yo'nalishi boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: Ishlab chiqarish korxonalarida yoki talim muassasalarida kamida 3 yillik staj;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayorlashning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
  • Ishchilar, rahbarlar va mutaxassislarning, shuningdek boshqaruv lavozimlari uchun kadrlar zaxirasida boʻlgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha oʻquv ishlarini tashkil qiladi;
  • Oʻquv-uslubiy hujjatlarni (oʻquv reja va dasturlarni) ishlab chiqadi;
  • Masofaviy taʼlim uchun elektron onlayn kurslar tayyorlaydi;
  • Masofaviy taʼlim uchun elektron oʻquv matriallar tayyorlaydi;
  • Masofaviy oʻqitishda interaktiv metodlarni joriy etish boʻyicha kasbiy taʼlim oʻqituvchisiga koʻmaklashadi;
  • Kombinat xodmlarini masofaviy oʻqitish boʻyicha elektron taʻlim platformasiga yangi kurslarni kiritadi va nazorat qiladi;
  • Taʼlim platformasidan foydalanish boʻycha taʼlim oluvchilarga operativ yordam koʻrsatadi;
  • Foydalanuvchilarga masofaviy taʼlim boʻyicha elekron platformada yoki uning mobil ilovasida ishlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi hamda maslahatlar beradi;
  • Masofaviy taʼlimda taʼlim oluvchilarning mashgʻulotlardagi ishtirokini nazorat qiladi;
  • Taʼlim oluvchilar tomonidan onlayn kurslarni oʻzlashtirish boʻyicha oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobot shakllantiradi;
  • Oʻquv markazida kombinatning mahalliy elektron tarmogʻidan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
  • Belgilangan maqsadlarga erishish uchun Oʻquv markazining boshqa ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan hamkorlik qiladi;
  • Axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish hamda amaliyotga joriy etish ishlarini olib boradi;
  • Lavozim vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajaradi;
  • Ajratilgan resurslardan oqilona foydalanish choralarini koʻradi;
  • Kasbiy darajasini tizimli ravishda takomillashtirib boradi;
  • Yuqori tashkilotlarning hujjatlari, korxona rahbariyati va bevosita rahbarning buyruqlari, koʻrsatmalari va farmoyishlarining oʻz vaqtida nazorat qiladi va ijrosining taʻminlaydi;
  • Elektron hujjatlar aylanmasi boʻyicha ishlar olib boradi;
  • Zamonaviy taʻlim texnologiyalari, jumladan, axborot, shuningdek, raqamli taʻlim resurslaridan foydalangan xolda ishchilarni malakasini oshirishini tashkil qiladi;
  • Mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi qoyidalariga rioya qiladi;
  • “Olmaliq KMK” AJ xodimlarining etika qoidalari talablariga amal qiladi. 

Talablar

  • Maʻlumoti: oliy (AKT boʻyicha oliy maʻlumot ustuvorlikka ega);
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Texnikalar va meʻyoriy, rejali, hisobot hujjatlari bilan ishlash;
  • Dars tahlillarini olib borish;
  • Korxona xodimlarini masofaviy oʻqitishni tashkil etish boʻyicha vazifalarni hal qilish;
  • Yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning zamonaviy usullarini tahlil qilish va ularni amalda qoʻllash;
  • Axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • MsOffice dasturlari paketidan samarali foydalanish;
  • Kompyuterning multimediya dasturlari hamda taqdimotlar yaratish uchun moʻljallangan dasturlaridan foydalanish;
  • Ish faoliyatida internet xalqaro tarmogʻidan samarali foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish;
  • Ishga doir suhbatlar oʻtkazish;
  • Oʻquv dasturlar va rejalar ishlab chiqish;
  • Oʻquv uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech