• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Konsentratorchi

28 Mart 2024, 12:57 980

2024-yil 29 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

 Vazifalari: 

  • Konsentrator nosozliklari va kamchiliklarni bartaraf etish va ish qobiliyatini saqlash boʻyicha ishlarni bajarish;
  • Gravitatsiyaviy boyitishning texnologik jarayonini nazorat qilish, materiallarni taqsimlash, shuningdek markazdan qochma konsentratorlar va himoya elaklariga texnik xizmat ko'rsatish;
  • Texnologik boyitish rejimiga muvofiq bo‘tananing zichligini (плотности) bir meʼyorda taʼminlashi;
  • Asbob-uskunalarni oʻz vaqtida tozalashni amalga oshirish;
  • Uskuna va jihozlar va qurilmalar, xizmat koʻrsatish sohalari sxemasi boʻyicha bilishi;
  • Amaldagi uskunalarning, xususan, konsentratorlar  xususiyatlari;
  • Kichik ta’mirlash, asbob-uskunalarni ishga tushirish va to’xtatish ishlarini amalga oshirish;
  • Markazdan qochma kuch taʻsirida ishlovchi kontsentratorlar va himoya elaklarining dizayni va texnik xususiyatlarini bilish.

 Talablar: 

  • Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish  korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Ishga joylashish: to'liq ish kuni.

 Asosiy koʻnikmalar: 

  • Texnologik jarayonning buzilishi yoki uskunaning noto‘g‘ri ishlashini tezda aniqlash va bartaraf etish qobiliyati;
  • Texnik jurnallarni toʻldirishni qattiy amal qilish bilan amalga oshirish;
  • Konsentratorga kiruvchi mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari;
  • Konsentratorlar va himoya elakanlarining ishlash printsipi;
  • Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
  • Qoʻllaniladigan konsentratorlar va himoya elakanlari ularnig xossalari, ularga qoʻyiladigan talablar;
  • Konsentratorlar va himoya elakanlarining turli xil konstruksiyadagilar  bilan ishlash koʻnikmalari;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi;
  • Gravitatsiya usulida boyitish jarayonida qo’llaniladigan uskunalarning tuzilishi va ishlash prinsipi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech