• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Telekanal muxbiri

29 Yanvar 2024, 11:3 1421

2024-yilning 30-yanvaridan 4-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Аxborot xizmatiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi - «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi boʼyicha aniqlanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: - talab etilmaydi, ammo inobatga olinadi;
  • Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni (8 soat).

Vazifalar:

  • Telelavha, teleocherk, telereportaj va ko’rsatuvlar tayyorlay olish;
  • Telekoʻrsatuvlarga mos va sifatli matn yozish;
  • Voqea va hodisalarni fakt va raqamlarda haqqoniy yoritish;
  • Telekoʻrsatuv tayyorlashda tezkorlik va sifat uygʻunligini taʼminlash.

Talablar:

  • Jamoa bilan ishlashda oʻzaro hurmat-ehtiromni saqlash;
  • Ma'lumoti: oliy, to’liqsiz oliy;
  • Ish tajribasi: Talab etilmaydi, ammo inobatga olinadi;
  • Oʻzbek adabiy tilini yaxshi bilishi;
  • Chet tillarini bilishi e’tiborga olinadi.

Аsosiy qobiliyatlar:

  • Har bir voqelikka ijodiy yondosha olish;
  • Voqea-hodisa joyidan telereportaj tayyorlay bilish;
  • Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.
  • Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech