Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Kran mashinisti

01 May 2026, 16:4 700

2026-yil 1-maydan 10-mayga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga rezyumelar qabul qilinad:

Kvalifikatsion talablar:

  • Ta'lim: o'rta maxsus;
  • Ish staji: kamida bir yil;
  • Texnik nosozliklar sabablarini aniqlash qobiliyati;
  • Ko'priksimon kranlarini boshqarish;
  • Turli xil yuk ko'tarish moslamalaridan foydalanish;
  • Turli yuklarni yuklash, tushirish, tashish bo'yicha ishlarni bajarish;
  • Yukning og’irligini tashqi ko'rinishiga qarab aniqlash;
  • Yuklar, taralar, ehtiyot qismlarni, uskunalar va detallarni stropalash usullari.

Kasb majburiyatlari:

  • Ko'prik va chorpoya kranlarini ishlashga tayyorlash;
  • O'rnatish, yuklash va tushirish ishlarini bajarishda ko'priksimon va chorpoya kranlarini boshqarish;
  • Yukning mahkamlanishini nazorat qilish;
  • Texnik ko'rikdan o'tkazish;
  • Mexanizmlarning yaroqliligini nazorat qilish;
  • Stropalovchi imo-ishoralariga rioya qilish;
  • Mexanizmlarni moylash.

Asosiy vazifalar:

  • Jamoada ishlash qobiliyati;
  • Ishlab chiqarish tajribasi;
  • Ko'prik va сhorpoya kranlarida ishlash bo'yicha o'quv kurslarini tugatish;
  • Yuk ko'tarish kranlarini tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari talablari;
  • Yuklash va tushirish, tashish ishlarini bajarishda bilimga ega bolish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech