Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Kuydiruvchi

20 Iyun 2025, 14:46 1773

2025-yilning 20-iyundan 30-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ohak zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Ohak ishlab chiqarishning belgilangan ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining yuqori sifatli bajarilishini taʻminlash;
  • Ishlab chiqarish obʻektlarida aylanuvchi pech va aylanuvchi pechning yordamchi uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish, nosozliklar va kamchiliklarni bartaraf etish;
  • Aylanuvchi pechga xo ashyo yetkazib berishni, nazorat qilish, tayyor maxsulotni taqsimlash, aylanuvchi pechdagi xarorat, gaz bosimi,gaz xarajati, xom ashyoning yuklanish meyori,tayor maxsulot sifatini nazorat qilish;
  • Kichik taʻmirlash, asbob-uskunalarni ishga tushirish va toʻxtatish ishlarini amalga oshirish;
  • Aylanuvchi pechning barqaror ishlashini, xom ashyoning holatini, xizmat koʻrsatadigan ish maydoni va maydonining butun uzunligi boʻylab uzulishlarga yoʻl qoʻymasalik;
  • Aylanuvchi pechdan chiqayotgan ohak maxsuloti sifatini va tayor maxsulotni bunkerga joylashtirish ishlarini bajaradi.
  • Aylanuvchi pechni ishga tushurish va toʻxtatish ishlarini bajarish.

Malkaviy talablar:

  • Maʼlumoti: yoʻnalishi boʻyicha oliy va oʻrta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  •  Oliy maʼlumotli (texnik yoʻnalish boʻyicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • Oʻrta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻindan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Gaz xoʻjaligida xavsizlik qoidalari boʻyicha maxsus diplom yoki sertifikatga ega boʻlishi.
  • Ishga joylashish: toʻliq ish kuni.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Aylanuvchi pechga tushuvchi  ohaktoshning fizik-kimyoviy xossalari;
  • Aylanuvchi pech yordamchi qurilmalari ishlash xarakteri;
  • Elevatorlar , tasmali konveyerlar, pechga xavo yuboruvchi va xavo soʻruvchi,gaz tartiblovchi qurilmalar aspiratsiya qurilmalarining ishlash prinsipi;
  • Nazorat oʻlchash uskunalarini ishlash tartibini bilish va nazoratni amalga oshirish;
  • Ishlatiladigan aylanuvchi pech xossalari, ularga qoʻyiladigan talablar;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini
  • Avriya xolatlarida xatti xarakatlarni bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech