llm-fan va innovatsiyalar bo'limi boshlig'i
08 Sentyabr 2026, 11:3
352
2026-yil 8-sentabrdan 20-sentabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJga rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi - ish natijadorliga qarab belgilanadi;
- Talab qilinadigan ish tajribasi: ilmiy sohada kamida 5 yil;
- Bandligi: toʻliq ish vaqti.
Majburiyatlar:
- Boʻlinmalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkiliy va buxgalteriya hisobi bilan taʻminlash, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam koʻrsatish;
- boʻlinmalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini (ITI) rejalashtirish va oʻtkazishni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam koʻrsatish;
- boʻlinmalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini (ITI) rejalashtirish va oʻtkazishni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam koʻrsatish, ochiq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga olish tartibiga muvofiq hujjatlarni tayyorlash;
- boʻlimda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha yillik hisobotni tashkil etish va qabul qilish, hisobot hujjatlarining davlat standarti talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
- boʻlimning istiqbolli va yillik ish rejalari loyihalarini ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
- rejada koʻzda tutilgan topshiriqlar, shartnoma majburiyatlari bajarilishini,shuningdek,mutaxassislar tomonidan bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish;
- normativ talablarga,hujjatlarning toʻliqligi va sifatli bajarilishini, uni tasdiqlashning belgilangan tartibiga rioya etilishini taʻminlash;
- bajarilgan ishlar yuzasidan ilmiy hisobotlarni universitet ilmiy kengashiga taqdim etish;
- patentlar-litsenziyasi va ixtirochilik faoliyati holatining yillik tahlil qilish;
- ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro shartnomalar bajarilishini monitoring qilish;
- ilmiy faoliyat samaradorligini tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha yillik hisobotlarni taqdim etish, ilmiy kengash majlisiga materiallar tayyorlash;
- boshqa taʻlim va ilmiy-tatqiqot muassasalar bilan ilmiy hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalarni rasmiylashtirish;
- ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari boʻyicha axborot xatlari va uslubiy tavsiyalarni nashrga tayyorlashga koʻmaklashish;
- boʻlim faoliyati samaradorligini taʻminlash, ishchilarni oqilona joylashtirish, mutaxassislarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish. Boʻlim xodimlarini boshqarish;
- mexnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish;
- doimiy ravishda oʻzining kasbiy malakasni oshirib borish.
Talablar:
- Maʻlumoti – oliy kasbiy,texnika fanlari doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, soha profiliga mos keladigan tashkilotda ilmiy, innovatsion va tashkiliy ish tajribasiga ega boʻlishi;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish tartibini bilish;
- togʻ-kon metallurgiya tarmogʻi ishlab chiqarishining asosiy bosqichlarini (umumiy ravishda) hamda “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlarini (xususan) bilish;
- Oʻzbekiston Respublikasidagi togʻ-kon metallurgiya sohasiga oid ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari (OTM) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlish;
- shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
- ofis jihozlaridan foydalanish;
- hamkasblar va qoʻl ostidagilar bilan ishlash;
- ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- ish sifatini nazorat qilish;
- ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish;
- joriy va uzoq muddatli prognozlash;
- smeta,hisob-kitoblarni tuzish.
Asosiy qobiliyatlar:
- Ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va monitoring qilish tajribasi;
- ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni boshlash;
- xoʻjalik shartnomalari va tadqiqot ishlarini olib borish uchun tanlovlar oʻtkazish tartibini bilish va tushunish;
- investitsiya, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshirishni tartibga soluvchi qonunchilik va normativ hujjatlarni bilish;
- belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, muzokaralar olib borish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal qilish;
- muloqot qobiliyatlari, harakatchanlik, stressga chidamlilik, punktuallik.
Shartlar:
- Muvaffaqiyatli nomzodga,Toshkent viloyati,Olmaliq shahriga koʻchib oʻtish taklif etiladi;
- hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).