• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tegirmon mashinisti

28 Mart 2024, 13:16 1136

2024-yil 29 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Vazifalari:

  • Ishlab chiqarish ob'ektlarida shar tegirmonlarida texnik xizmat ko'rsatish ishlarini bajarish, nosozliklar va kamchiliklarni yuzaga kelganda ularni bartaraf etish;
  • Sharli tegirmonlar, gidrotsiklonlar ishlashi va materiallarni taqsimlash, shuningdek, ularga xizmat ko'rsat hamda nazorat qilish;
  • Yanchilgan mahsulotining texnologik talablarini  bilish va rioya qilish, gidrosiklonlarga xizmat ko’rsatish talablari;
  • Kichik ta’mirlash, asbob-uskunalarni ishga tushirish va to’xtatish ishlarini amalga oshirish;
  • Xizmat koʻrsatuvchi ishchi maydoni va maydonining butun kengligi boʻylab tozaligi va uzilishlarsiz sharli  tegirmonlar va gidrosiklonlarning barqaror ishlashini ta’minlash;
  • Sharli tegirmonlarning konstruksiyasi va texnik parametrlarini bilish.

Talablar:

  • Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish  korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Yanchish jarayoni va klassifikatsiyasining texnologik talablarini bilish;
  • Yanchish jarayoni va klassifikatsiyasining texnologik sxemalarini bilish.
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Ishga joylashish: to'liq ish kuni.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Sharli tegirmonlarda maydalash uchun yetkazib beriladigan mahsulotning fizik-kimyoviy xossalari;
  • Ishlatiladigan mashina moylari;
  • Sharli tegirmonlar va tasniflagichlarning ishlash prinsipi;
  • Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
  • Ishlatilgan sharli tegirmonlar va tasniflagichlar xossalari, ularga qoʻyiladigan talablar;
  • Turli xil dizayndagi tegirmonlar bilan ishlash koʻnikmalari;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech