Materiallarning tuzilishi va uning xususiyatlarini o‘rganish laboratoriyasi bo‘limi boshlig’i
17 Aprel 2024, 9:7
802
2024-yilning 17-aprelidan 24 apreliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
- Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlaridagi mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yil;
- Bandlik: to‘liq ish kuni.
Vazifasi:
- Mavjud texnologiyalarni takomillashtirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlar o'tkazish;
- Ishlab chiqarishning texnik darajasini, mahsulot sifatini oshirish, import qilinadigan xom ashyo va materiallarni mahalliylashtirish maqsadida kombinat korxonalarida ilmiy ishlanmalarni joriy etishda ishtirok etish;
- Texnogen tuzilmalar va yangi xom ashyo manbalarini qayta ishlashga jalb qilish;
- “Olmaliq KMK” AJ bo`linmalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish;
- Boshqarma tomonidan bajarilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan ishlardan maksimal iqtisodiy samara olish;
- Sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimining ish tartibida saqlanishi va doimiy ravishda takomillashtirilishini ta'minlash.
Talablar:
- Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 5 yillik ish tajribasi;
- Maʼlumot “Metallurgiya”, “Kimyoviy texnologiya”, “Yangi materiallarning materialshunoslik texnologiyasi” yoʻnalishlari boʻyicha oliy texnik maʼlumot, ilmiy darajaning mavjudligi;
- Word, Excel dasturlarida ishlash qobiliyati;
- Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.);
- Funksional vazifalarni bajarishga tegishli qonunlar, uslubiy adabiyotlar, hujjatlarni bilishi kerak.
Malaka talablar:
- Ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
- Tadqiqot ishlari samaradorligini baholash;
- Tadqiqot ishlarining rejalari, dasturlarini tuzish;
- Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;
- Ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
- Tahliliy ma'lumotlarni qayta ishlash;
- Hujjatlarni hisobga olish va saqlash;
- Shaxsiy kompyuter bilan foydalanuvchi darajasida ishlash;
- Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
- Orgtexnika vositalaridan foydalanish.
Shartlar:
- Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).