Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Uchastka boshlig'i

09 Aprel 2026, 13:16 928

2026-yilning  9-apreldan  16-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Olmaliqmetallurgqurilish" trestiga rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyatlari:

  • Uchastkada ishlarni rejalashtirish va taqsimlash
  • Ishlarni bajarish muddatlarini nazorat qilish
  • Qurilishning texnologik ketma-ketligiga rioya etilishini taʻminlash
  • Ishchilar, ustalar va ish bajaruvchilarni boshqarish
  • Vazifalarni belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilish
  • Xodimlarni oʻqitish
  • Bajarilgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligini tekshirish
  • Qurilish norma va standartlariga muvofiqligini nazorat qilish

Talablar:

  • Qurilish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumot
  • Meʻyoriy hujjatlarni bilish (SHNK, texnik reglamentlar)
  • Qurilish soxadasida 5 yildan kam boʻlmagan ish staji

Asosiy koʻnikmalari:

  • Qurilish texnologiyalari (monolit, kladka, muhandislik tarmoqlari va boshqalar) boʻyicha bilish
  • Chizma va loyiha hujjatlarini oʻqish
  • Smeta va ish hajmini tushunish

Shartlar:

  • Bevosita obyektlarda ishlash (ofisda emas)
  • Xizmat safarlari yoki vaxta usulida ishlashi mumkin
  • Uchastkadagi barcha qurilish jarayoni uchun javobgarlik
  • Texnika, material va pudratchilar bilan ishlash
  • Hujjat va hisobotlarni olib borish

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech