• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika sozlovchisi

02 Fevral 2024, 16:5 1923

2024-yilning 2-fevralidan 8-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnik tizimlar xavfsizligi xizmatiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Ma'lumoti: oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim sohasi bo‘yicha;

Ish tajribasi: mutaxassisligi bo'yicha kamida 1 yil;

Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni.

Vazifalari:

  • montaj va prinsipial elektr sxemalarini o’qiy olish malakasi;
  • elektrotexnika va elektr sohasini bilish;
  • kompyuterda o’rtacha ishlay olish malakasi (microsoft offise, excel va drayverlar bilan ishlash);
  • dasturlashni bilish malakasi;
  • hisobotlar tuzishni bilish;
  • axborot tizimlarini o’rnata olish malakasi;
  • bilim olishga chanqoqlik;
  • doimiy ravishda xizmat safarlariga borishga tayyorlik;
  • o’zbek va rus,ingliz tillarini yaxshi bilish;
  • ma’lumoti- o’rta- maxsus (oliy ma’lumot yanada yaxshi);
  • transport vositalarining agregatlari va elektr tarmoqlarining ishlash prinsipini bilish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech