• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika boʻyicha chilangar

28 Fevral 2025, 15:18 1645

2025-yilning 28-fevraldan 5-martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP tizimini joriy etish loyiha ofisi Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshaqrmasiga  quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalar:

  • Uskunani yoki qurilmani sozlash va ta'mirlashni amalga oshirayotganda ishlab chiqaruvchining me'yoriy texnik hujjatlariga (bundan buyon matnda MTH deb yuritiladi), shuningdek elektr qurilmalarini o'rnatish qoidalariga amal qilishi.
  • Kabel liniyalarini tekshirish va markalashni, shuningdek, asbob-uskunalarni boshqarish kabellarini almashtirishni amalga oshiradi.
  • Namunaviy qurilmalardan foydalangan holda, asbob-uskunalarni montaj qilish va sozlashni amalga oshiradi.
  • Ichki mehnat tartibi qoidalariga, yong’in xavfsizligi bo'yicha ko'rsatmalarga, korxonaning ichki me'yoriy hujjatlariga rioya qilish.
  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi
  • Ish tajribasi: nazorat o’lchov asboblari mutaxassisligi bo'yicha kamida 2 yil.
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Malakaviy talablar:

  • O'rta maxsus yoki oliy texnik ma'lumot.
  • Kompyuterga ishonchli ishlashni bilish.

Asosiy ko'nikmalar:

  • Asbob-uskunalarni sozlash, kalibrovkasi bo'yicha amaliy ko'nikmalari (tarozi uskunalari)
  • Tarozi qurilmalari va tenzometrik datchiklar maqsadi va vazifasi, shuningdek ishlash printsipi bilish.
  • Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika uskunasining ishlashi paytida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish sabablari, usullarini bilish.
  • Ishlarni bajarishda xavfsizlik va mehnat xavfsizligi qoidalarini bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu