Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nonvoy

17 Aprel 2026, 8:10 187

2026-yilning 17-apreldan 21-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Jizzax viloyati “Zomin” tumani Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyati

  • Non va non mahsulotlarini tayyorlash (non, patir, bulochka);
  • Retsept va texnologiyaga rioya qilish;
  • Mahsulot sifatini nazorat qilish;
  • Ish joyini toza saqlash;
  • Pech va uskunalar bilan ishlash;
  • Sanitariya qoidalariga amal qilish.

Тalablar

  • Ma`lumot - o’rta maxsus, yoki tegishli kurslar;
  • Ish tajribasi: ish stajitalab etilmaydi;
  • Ish tajribasi bo‘lsa yaxshi (lekin shart emas);
  • Jismoniy chidamlilik;
  • Mas’uliyat va e’tibor;
  • Smenali ishga tayyorlik;
  • Sanitariya qoidalarini bilish;
  • Tibbiy kitobcha.

Asosiy ko`nikmalar

  • Xamir bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Un va ingredientlarni bilish;
  • Pech bilan ishlash qobiliyati;
  • Tezkorlik va diqqatlilik;
  • Jamoa bilan ishlash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom oshpaz-novvoy diplomi yoki mutaxassislik kurslari yoki o‘rta maxsus ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa)
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech