O‘lchash vositalari va maxsus asboblar nazoratchisi
18 Fevral 2026, 9:54
753
2026-yilning 18-fevraldan 23-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Markaziy metrologiya laboratoriyasiga rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi: “Olmaliq KMK” AJ Markaziy metrologiya laboratoriyasining shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi.
Kerakli ish tajribasi:
- Metrologiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumot (bakalavr) yo’nalishini tamomlagan nomzodlarga ish tajribasi talab etilmaydi;
- O’rta maxsus – “Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika” sohasini tamomlagan nomzodlar eng kamida tegishli sohada 1 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Malakaviy talablar:
- Oliy – Metrologiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumot yoki ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida sirtqi bo‘limida 3-bosqich talabasi;
- O‘rta-maxsus – Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika yo‘nalishi bo‘yicha.
- Toʼliq bandlik: to‘liq kun
Vazifalari:
- Ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash boʻyicha qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, uslubiy va meʻyoriy materiallarni bilish (metrologiyaning qonuniy asoslari);
- Ishlab chiqarishni metrologik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etishni bilish;
- o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, foydalanish, ta’mirlash, sozlash, qiyoslash, sozlash va oʻlchash vositalarini saqlash boʻyicha standartlar va boshqa meʻyoriy hujjatlar bo’yicha bazaviy bilimlarga ega bo’lish;
- qiyoslash nuqtalarining xatoliklarini xisoblash formulalari, kattaliklarni boshqa birlikga o‘tkazish, namunaviy o’lchov vositalarini mos ravishda tanlash;
Аsosiy ko‘nikmalari:
- Metrologik attestatsiya va mahsulot sinovlari boʻyicha standartlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar;
- Kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash (Microsoft Office);
- Standartlar fondi va boshqa hujjatlarni yuritish tartibi;
- Oʻlchash vositalarining texnik xususiyatlari, tuzilishi, maqsadi va qoʻllash prinsiplari, ularni taʼmirlash texnologiyasi;
- Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
- Ofis jihozlaridan foydalanish;
- Ish sifatini nazorat qilish;
- Matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).