Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Omborchi

26 Yanvar 2026, 11:6 1801

2026-yilning 26-yanvardan 1-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish xaqqi: ko’rsatilmagan
  • Kerakli ish tajribasi: 1 yildan kam bo’lmagan staj
  • Ma’lumoti: Savdo, tijorat, menejment, iqtisod va/yoki lavozimi bo’yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo’lgan yo’nalishlar bo’yicha o’rta maxsus ma’lumot.
  • Bandlik:To’liq kun

Majburiyatlari:

  • Tovarlarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularni joylashtirish, ombor maydonidan eng oqilona foydalanishni hisobga olgan holda, zarur tovarlarni qidirishni osonlashtiradigan va tezlashtiradigan ombor ishini boshqaradi.
  • Tovar-moddiy boyliklarni saqlashni ta’minlaydi.
  • Saqlash rejimlariga rioya qilishni ta’minlaydi.
  • Tovarlarni qabul qilish uchun joy tayyorlaydi.
  • Tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya qilishda ishtirok etadi.
  • Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo’yicha yo’riqnoma talablariga rioya qilish

Talablar:

  • Оmborchi lavozimiga savdo, tijorat, boshqaruv, iqtisod yo’nalishlari bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotga ega va/yoki egallab turgan lavozimi profili bo’yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo’lgan shaxs tayinlanadi.
  • Ishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish
  • Ofis jihozlaridan foydalanish

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzod kelgusida mehnat faoliyatini O’zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati. Angren shaxrida olib boradi.
  •  Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Asosiy ko’nikmalari:

  • vakolat doirasidagi rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirish
  • Tovar-moddiy boyliklarni saqlashni ta’minlash
  • Samaradorlikni baholash
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish
  • Ofis jihozlaridan foydalanish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech