Oshpaz
17 Avgust 2026, 9:37
954
2026-yil 17-avgustdan 21-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi.
Majburiyati:
- Dam olish maskanida ovqat tayyorlash texnologiyasiga muvofiq o'z vaqtida, xushxo`r taom tayyorlanishini ta'minlaydi.
- Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash va o'z vaqtida ishlatish choralarini ko`radi;
- SanQvaM 0016-21 ga muvofiq xom va pishgan mahsulotlarni gigienik qayta ishlash qoidalariga rioya qiladi;
- Har bir kun uchun taomnoma tayyorlashda ishtirok etadi, omborchidan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qiladi, to'g'ri saqlash va ularni sarflash uchun javobgarlikni oladi;
- Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda birlamchi va qayta termik ishlov berishni amalga oshiradi.
- Oshxonadan tayyor ovqatni guruhlarga taqsimlash jadvaliga qat'iy rioya qiladi, tayyor ovqatni me’yorga muvofiq guruhlarga
- Oshxonaning sanitariya me'yorlariga amal qilish, nazorat qilish va standartlarga muvofiq oshxona jihozlarining xavfsizligi va sozligini ta`minlash.
- Ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.
- Oshxonaning sanitariya-epidemiologik rejimini va idishlarni qayta tozalashni nazorat qilish.
Talablar:
- Ma'lumoti: Oʻrta maxsus kasbiy maʼlumot, oshpaz lavozimiga tegishli (kurslar),
- Ish tajribasi: ish tajribasi kamida 2-yil.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Oshxona bo’limining, binoning, jihozlarning sanitariya rejimini.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash va saqlash muddatini.
- Xom va pishirilgan mahsulotlarga ishlov berish qoidalarini.
- Kundalik ovqatni sarflash (brakeraj) qoidalarini.
- Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, shaxsiy gigiyena, yong'in xavfsizlik qoidalari, SanQvaM normalarini.
- Birinchi, ikkinchi, shirin taomlar va xamir mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasini.
- Issiqlik bilan ishlov berish jarayonlarining rejimi va davomiyligini.
- Xom mahsulotini me’yori, nisbati va ketma-ketligini qoidalarini.
- Taomnoma tuzish
- Muomala madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).