Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Portlatuvchi

24 Noyabr 2025, 10:21 1149

2025-yilning 24-noyabrdan 30-noyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: talab qilinmaydi;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • Skvajinalarni mexanizatsiyalangan usulda zaryadlash.
  • Kontur skvajinalarni portlatish.
  • Nogabaritlarni portlatish yoʻli bilan boʻlaklash.
  • Ishlamay qolgan zaryadlarni bartaraf qilish.

Talablar:

  • yoshi 20 yoshdan kichik boʻlmagan;
  • oʻrta-maxsus maʻlumot (oliy maʻlumot ustunlikga ega);
  • portlatish ishlari kurslari kvalifikatsion komissiyaga imtihonlarni topshirganligi toʻgʻrisidagi portlatuvchining yagona daftarchasi guvohnomaga (Единая книжка взрывника) ega boʻlish.

Asosiy koʻnikmalar:

Portlatuvchi bilishi shart:

  • PM xususiyatlari va moʻljallanishini, shuningdek ular bilan ishlashda xavfsizlik talablarini;
  • Portlatish ishlarini olib borishda namunaviy qoidalarni;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hudulari boʻylab portlatish materiallarini avtotransport vositalarida olib yurish qoidalarini;
  • Portlatish materiallarini ishlab chiqarish, xarid qilish, saqlash, transportirovka qilish, foydalanish va hisobotini olib borish tartiblari yoʻriqnomasini;
  • Elektr oʻlchov asboblarining tuzilishini;
  • Portlatish tizimlarini montaj qilish moslamalari turlarini;
  • Skvajinalar va shpurlarni elektr va noelektr usullari bilan detonlashtiruvchi shnur yordamida zaryadlash va portlatish;
  • Elektr portlatishda biriktiruv-ulashlar;
  • Portlatish tarmoqlarining tok manbalariga taluqlilik qoidalari va  seziluvchan tokning  birliklarini;
  • Ishlamay-portlamay qolgan zaryadlarni bartaraf qilish usullari va qoidalarini;
  • Toʻsiqlarning tuzilishi qoidalarini
  • Xavfli zonani aniqlashni;
  • Portlatish ishlarini olib borishda signallarning mohiyatlarini.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom;
  • portlatuvchining yagona daftarchasi (guvohnoma)

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech