Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Portlovchi materiallar tarqatuvchisi

20 Aprel 2026, 10:45 210

2026-yilning 20-apreldan 27-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Kerakli ish tajribasi: talab qilinmaydi;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • Portlatish materiallari  va portlatish vositalarini olish, avtomashinaga yuklanishida nazorat qilib borish;
  • Portlatish materiallarini tushirib olish va tarqatish;
  • Portlatish materiallarini saranjomlash va saqlash;
  • Portlatish materiallarini kirib kelishi va sarfi hisobotini olib borish;
  • Portlovchi moddalarning omborga kelib tushishi va ularning ishlab chiqarilishi tartibida sarflanish bosqichlarini nazorat qilib borish;

Talablar:

  • Umumiy o’rta ta’lim ma’lumoti
  • Portlovchi materiallari tarqatuvchisi  kurslari boʻyicha guvohnomaga yoki Portlatuvchining yagona daftarchasi guvohnomasiga (Единая книжка взрывника) ega boʻlish.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Portlatish materiallarini tarqatuvchi  bilishi shart:
  • Portlatish materiallarining hisobotini olib borish tartibini;
  • Omborxonaning tuzilishi va moʻljallanishini;
  • Omborxona muhofazasi va yoritilishi tartibini;
  • Oʻrnatilgan signalizatsiya vositalaridan foydalanishni;
  • Oʻt oʻchirgichning tuzilishi va undan foydalanishni;
  • Portlatish materiallarining to’g’ri saqlanishi va taqsimlab berilish tartiblarini
  • Portlatish materiallarining turi va xossalarinini hamda ular bilan ishlashda xavfsizlik qoidalarini bilishi shart.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport;
  • Portlovchi materiallari tarqatuvchisi guvohnomasi yoki Portlatuvchining yagona daftarchasi (guvohnoma) (Единая книжка взрывника)

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech