Qo’riqlash-yong‘indan himoyalash signalizatsiyasi sozlovchisi
01 Iyul 2025, 13:17
799
2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Talablar:
- Avtomatlashtirish, elektronika va elektrtexnika sohasida o‘rta maxsus ta’lim;
- Mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
- Xavfsizlik va yong‘in signalizatsiyasi uskunalari qurilmasi va ishlash printsiplarini bilish;
- Elektr va montaj sxemalarini o‘qiy olish qobiliyati;
- Signalizatorlar, sirenalar, boshqaruv panellari, pultlar va boshqa uskunalarni montaj qilish va ulash ko‘nikmalari;
- OPS o‘rnatishda qo‘llaniladigan СП, ГОСТ, ПУЭ, ПТЭЭП va boshqa normativ hujjatlar talablarini bilish;
- Ishga tushirish va sozlash (ПНР) ishlarini amalga oshirish, uskunalarni sozlash va ularning ishlash holatini tekshirish;
- Manzilli va manzilsiz tizimlarni bilish (masalan: Rubej, Bolid va h.k.);
- Asbob-uskunalar va o‘lchov vositalari (multimetr, tester, signal generatorlari va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmalari;
- Tarmoq texnologiyalari asoslarini bilish (IP, LAN, rezervlash, quvvatlantirish borasida asosiy tushunchalar);
- Nosozliklarni aniqlash va tezkor bartaraf etish qobiliyati;
- Me’yorlarga muvofiq mas’uliyatlilik, intizom va mustaqil hamda jamoada ishlash qobiliyati;
- Elektrobezpeka bo‘yicha ruxsatnoma (Elektr xavsizligi II guruhi va undan yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq).
Asosiy vazifalari:
- yong‘indan himoyalash uskunalarining ishlashini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni bajarish;
- Xavfsizlik va yong‘in signalizatsiyasi, signalizatorlar, boshqaruv panellari, sirenalar va boshqa uskunalarni montaj qilish, ulash va sozlash;
- Ishga tushirish va sozlash (ПНР) ishlarini bajarish, yong‘indan himoyalash tizimlarining ishlash holatini tekshirish;
- Texnik hujjatlar va loyihalarga muvofiq uskunalarni sozlash va konfiguratsiyalash;
- Tizimdagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
- Kabel liniyalari va ulanishlarning butunligi hamda to‘g‘riligini tekshirish;
- Normativ talablariga muvofiq tizimni sinovdan o‘tkazish va testlash;
- Ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va elektrobezpeka qoidalariga rioya qilish.
Ko'nikmalar:
- Texnik hujjatlarni yuritish (hisob-jurnallari, aktlar, sxemalar);
- Uskunalar dasturiy ta’minotini yangilash, zaxira nusxalarni sozlash;
- Tizimlarni ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha texnik xizmatlar bilan samarali hamkorlik qilish.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).