Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Qozonxona jihozlari mashinisti

21 Yanvar 2026, 9:32 2746

2026-yilning 21-yanvardan 26-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

  • Ma’lumoti: o‘rta maxsus, oliy - (issiqlik energetikasi, qozonxona yoki unga tenglashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha).
  • Ish staji: kamida bir yil qozonxona jihozlari mashinisti, qozonxona jihozlari nazoratchisi yoki shunga o‘xshash kasbda.

Ko‘nikmalar:
Qozonxona jihozlari, asosiy va yordamchi uskunalarning tuzilishi hamda ishlash prinsiplarini bilish.

  • Bug‘ va issiq suv qozonlarini ishga tushirish, to‘xtatish va ish rejimida boshqarishni bilish.
  • Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika vositalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
  • Texnik hujjatlar, yo‘riqnomalar, ish jadvallari va texnologik reglamentlardan foydalana olish.
  • Chizmalar, texnologik sxemalar va issiqlik ta’minoti tizimlari sxemalarini o‘qiy olish.
  • O‘lchov vositalari bilan ishlay olish, ularni tekshirish va sozlash asoslarini bilish.
  • Yuklash va tushirish ishlarini bajarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish (stropalovchi guvohnomasi mavjud bo‘lganda).
  • Yoqilg‘i mahsulotlarining tarkibi va uning yonish xususiyatlarini bilish.
  • Qozon agregatlarini boshqara olish.
  • Qozonxona uskunalarning nosozligi kelib chiqishi sabablari aniqlash hamda ularni oldini olish va bartaraf qilish chora-tadbirlarini bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz saytidan olingan ish staji to’g’risidagi ma’lumot.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech