Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Reagent erituvchi

16 Oktyabr 2025, 11:11 822

2025-yilning 17-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" konining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
  • Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

Reagent erituvchisi quyidagi harakatlarni bajaradi:

  • Ohakli eritma (ohak suti) tayyorlash;
  • Natriy sian eritmasini tayyorlash;

Reagent erituvchisining ohakli eritma (ohak suti) tayyorlash jarayoni ketma-ketligi quyidagicha:

  • Ohak qabul qiluvchi bunkerini tekshirish;
  • Maydalagichga ohakni berishni tartibga solib turish;
  • Tegirmonga ohak berishni tartibga solish, suvni meʼyorida berish;
  • Gidrotsiklonda klassifikatsiyalanishini tekshirish;
  • Ohakli eritmaning ishqoriy faol (aktiv)ligini tekshirish;

Reagent erituvchisini natriy sian eritmasi tayyorlash jarayoni ketma-ketligi:

  • Qabul qilish changidan tayyorlash changiga olish va suv qoʻshib yoʻriqnoma boʻyicha natriy sian eritmasini tayyorlash;
  • Tayyor natriy sian eritmasi sarflanadigan changa tortiladi;

Agar natriy sian barabanda boʻlsa jarayon quyidagi tartibda bajariladi:

  • Barabanlar naryad boʻyicha apparat yordamida ochiladi va suv qoʻshiladi;
  • Ochilgandan keyin boʻshalgan bochkalar zararsizlantiriladi;
  • Natriy sian va ohakni har smenada sarfi va kelgani hisobi olib borilidi.

Reagent erituvchisining majburiyatlari:

  • Reagent tayyorlanadigan maxsus binoga kirishdan oldin ventilyatorlarni ishga tushirishga;
  • Jihozlar holatini doimiy nazorat qilishga;
  • Texnologik koʻrsatkichlarga, sianli eritma va yanchilgan ohak eritmasi aktivligiga rioya qilishga;
  • Doimo oʻzida lepistok, himoya koʻzoynagi, hamda BKF, DOT-600 yoki V turdagi protivogazlarni olib yurishga;
  • Nazorat-oʻlchash asboblari holatini kuzatib borishga;
  • Quruq sian kukunidan sianli eritma tayyorlash;
  • Sianli eritmalarni toʻkilishiga, toshishiga yoʻl qoʻymaslikga;
  • Sianli eritmani aktivligini meʼyorida tayyorlashga;
  • Natriy sian kelishi va sarfini smena davomida hisobini olib borishga;
  • Jelezniy kuparos (temir kukunini) dan eritma tayyorlashga;
  • Taʼmirlanadigan jihoz va idishlarni zararsizlantirishga;
  • Natriy sian idishini (baraban) sianidlardan zararsizlantirishga;
  • Zararsizlantirilgan idishlar hisobotini jurnalga belgilab borishga va imzo qoʻyishga;
  • Ohak bunkeri ostidagi, pitatel va konveyerlardagi toʻkilgan ohaklarni tozalashga;
  • Taʼmirga toʻxtatilgan aralashtirgichlarni tozalashga;
  • Aralashtirgichlardan ohakli eritmani toshishiga yoʻl qoʻymaslikga;
  • Rahbariyat farmoyishi bilan tegirmonga shar yuklashga;
  • Konveyerda ohakni toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslikga;
  • Avtotransport yordamida omborxonadan barabandagi sianni olib kelishga.
  • OSFga keltirilgan sian (suyuq, quruq), xlor, gipoxlorid, temir kukuni va poliakrilamid reagentlarini tushirishga, OSF dan joʻnatiladigan boʻsh xlor konteynerlari va sian idishlarini yuklashga.
  • Xoʻjalik smenasida OSF rahbarlari farmoyish va yozma naryad-topshiriqlarini bajarishga.

Bilishi kerak:

  • Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini oʻzining yoʻnalishi boʻyicha.
  • Texnologik yoʻriqnoma.
  • MM va TX boʻyicha tegishli boʻlgan yoʻriqnomalarni;
  • Isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (PTE), isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi (PTB) qoidalari.
  • “Olmaliq KMK” AJ Kouvuldi koni ichki mehnat tartibi qoidalari.
  • Avariyalarni bartaraf etish rejasi.(PLA)
  • Yongʻinga qarshi vositalardan foydalanishni.
  • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishni.
  • Foydalanilayotgan asosiy va yordamchi jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsipini.
  • Sianidlar bilan ishlash qoidasi.
  • Zaharga qarshi vositalar tarkibi va ishlatilishini.

Malaka talablari:

  • Kasbiy malaksini oshirish boʻyicha yakka tartibda oʻqishdan oʻtishi.
  • Reagent boʻlimida jihozlarni ish holatini toʻgʻri aniqlashni bilishi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech