Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Bogʻbon

15 Iyul 2026, 14:15 266

2026-yilning 15-iyuldan 16-iyulga qadar,“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida barpo etilgan bog‘ga bog`bon kasbi bo`yicha rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyati

  • Oʻsimliklarni parvarish qilish: Sugʻorish: Gullar, butalar, daraxtlar va gazonni belgilangan meʼyor va vaqtda muntazam sugʻorish;
  • Oziqlantirish: Tuproqqa mahalliy va kimyoviy oʻgʻitlarni oʻz vaqtida solish;
  • Choptirish va yumshatish: Daraxt atroflarini choptirish, tuproqni yumshatish va begona oʻtlardan tozalash;
  • Kasalliklarga qarshi ishlov berish: Zararkunanda va kasalliklarni oldini olish uchun kimyoviy yoki organik dorilar purkash;
  • Shakil berish va kesish: Daraxtlarning qurigan, kasallangan va ortiqcha shoxlarini bahor hamda kuz fasllarida kesish;
  • Shakl berish: Manzarali buta va daraxtlarni (masalan, archalarni) landshaft dizayniga mos ravishda tekislash va shakl berish;
  • Gullarni parvarishlash: Soʻligan gullarni yulib tashlash va yangi gul koʻchatlarini ekish;
  • Hudud tozaligi va tartibi: Xazonlarni yigʻish, yoʻlaklarni tozalash;
  • Texnika va tizimlarni nazorat qilish: Tomchilatib yoki yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarining sozligini nazorat qilish va kichik nosozliklarni tuzatish;
  • Uskunalarni asrash: Ish qurollarini (arra, qaychi, trimmer) ishdan keyin tozalash, moylash va soz holatda saqlash.

 Тalablar

  • Ma'lumoti: o'rta, yoki o‘rta maxsus. Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha ta`lim olganligi ustunlik qiladi.
  • Ish tajribasi: bog`bonlik bo`yicha  kamida 1 yil.

 Asosiy ko`nikmalar

  • Agrotexnik koʻnikmalarga ega bo`lish;
  • Texnik va uskunalar bilan ishlash koʻnikmalarga ega bo`lish;
  • Landshaft va estetik koʻnikmalarga ega bo`lish;
  • Kimyoviy va organik oʻgʻitlash koʻnikmalari
  • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

Shartlar:

Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi koʻrib chiqiladi;

Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

pasport;

diplom;

mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech