• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Telekanal operatori

25 Mart 2025, 8:38 554

2025-yilning 25-martdan 4-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmatiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi - «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi boʼyicha aniqlanadi;
  •  Kerakli ish tajribasi: talab etilmaydi, lekin ushbu yo’nalishda maxsus tayyorgarlik mavjudligi zarur;
  •  Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni.

Talablar:

  • Maʼlumoti: oʻrta maxsus;
  • Ish staji hamda ushbu yoʻnalishda maxsus diplomga ega bo’lishi talab etilmaydi;
  • Koʻnikmalar:
  • videotasvirga olish;
  • videouskunalarni sozlay bilish;
  • kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, videomontaj qilishni bilish;
  • ishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • telekanal uskuna va jihozlaridan foydalanish.

Vazifalar:

  • Videotasvirga olish hamda videomontaj qilishni bilish;
  • Yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etish;
  • Safarda, voqea joyida va bevosita studiyada tasvirga olingan videomateriallarning zarur soni va sifatini ta’minlash.

Аsosiy qobiliyatlar:

  • Videotasvirga olish jarayonida muhim kadrlarni tanlay bilish;
  • Koʻrsatuv yoki tasvirga olish ob’ektlarini tanlashda ishtirok etish, videokameralarni joylashtirish joylarini belgilay olish;
  • Video qurilmalar bilan ishlay olish;
  • Video tahrirlash tajribasi;
  • Kompyuter texnologiyalaridan foydala bilish;
  • Тopshiriqlarni oʼz vaqtida bajarish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni hal qilish;
  • Мuloqot qobiliyati, harakatchanlik, kreativlik, stressga chidamlilik, punktuallik.

Shartlar:

  • Kelgusida oylik ish haqini oshirish masalasi ko’rib chiqiladi va ushbu lavozimdagi muvaffaqiyatli nomzod uchun ijtimoiy nafaqalar;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu