• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Texnik dizayn bo‘yicha muhandis

08 Avgust 2024, 14:50 3455

2024-yil 8 avgustdan 14 avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy ishlar bo'limiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi boʼyicha aniqlanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: talab etilmaydi, ammo inobatga olinadi;
  • Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni (8 soat).

Vazifalar:

  • Prezentatsiya slaydlarini tayyorlash;
  • Poligrafiya mahsulotlari uchun dizayn tayyorlash;
  • Bannerlar uchun dizayn tayorlash.

Talablar:

  • Bilishi kerak: Adobe Photoshop, Corel DRAW, InDesign, (3D Max, Adobe Illustrator inobatga olinadi);
  • Ish tajribasi: Talab etilmaydi, ammo inobatga olinadi;
  • Chet tillarini bilishi e’tiborga olinadi.

Аsosiy qobiliyatlar:

  • Har bir topshiriqqa ijodiy yondosha olish;
  • Jamoaga moslasha olish;
  • Ishni yaxshilash uchun tanqidni qabul qilish va undan foydalanish qobiliyati;
  • Topshiriqlarni vaqtida bajarish;
  • Kreativ fikrlash, tezlik, aniqlik, ijodkorlik, mas'uliyatlilik, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech