• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tokar

27 Mart 2024, 16:45 565

2024-yil 29 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Kvalifikatsion talablar:

  • Ta'lim: o‘rta maxsus;
  • Ish staji: kamida bir yil;
  • Texnik adabiyotlardan, ma'lumot jadvallaridan foydalanish, chizmalarni o‘qish qobiliyati;
  • Olingan topshiriqqa muvofiq ish asboblarini tanlash;
  • Uskunalar va asboblardan foydalanish tartibi va qoidalari.

Kasb majburiyatlari:

  • Chizmalarni o‘qish;
  • Tokarlik-vint kesuvchi dastgohda metallga ishlov berish texnologiyasini bilish;
  • Har xil turdagi tokarlik-vint kesuvchi dastgohlarda ishlash qobiliyati;
  • Moylash va sovutish suyuqliklarining xususiyatlarini tushunish;
  • Dopusk va o’rnatish tizimini tushunish;
  • Kesuvchi asbob vositasidan foydalanishning tartibi va qoidalari;
  • Rezets va sverlolarni o‘tkirlash va dastgohga o‘rnatish qoidalari.

Asosiy vazifalar:

  • Tokarlik dastgohini tayyorlash va sozlash;
  • Quyma detallarni va zogotovkalarni tokarlik dastgohiga o'rnatish;
  • Tashqi va ichki yuzalarni universal tokarlik-vint kesuvchi dastgohida ishlov berish;
  • Vallar va vintlarni markazlar va lunettalar yordamida ishlov berish;
  • Tashqi va ichki rezbalarni kesish: uchburchak, to’g’ri burchakli;
  • Konusli yuzalarga va detallarga ishlov berish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech