Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tozalash inshootlari operatori

16 Yanvar 2026, 13:0 1202

2026-yilning 16-yanvardan 23-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: talab qilinmaydi;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’ladigan oqova suv namunalarini tahlil qilish va baholash.
  • Elektroliz qurilmasi, flotatsiya bloki, nasos uskunasi, reagentni suyultirish va reaktiv bilan ishlov berishdan keyin tozalash darajasini tekshirish
  • Chiquvchi suv koʻrsatkichlarining normativlarga mosligini nazorat qilish.

Talablar:

  • suv taʼminoti va kanalizatsiya yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta maxsus yoki texnik taʼlim.
  • “Tozalash inshootlar operatori” guvohnomasiga ega boʻlish.

Asosiy ko'nikmalar:

      Tozalash inshootlari operatori bilishi shart:

  •  Oqova suvlarning kelishi, tarkibi va xossalarini;
  •  Mexanik tozalash jarayonlarini;
  •  Kimyoviy tozalash jarayonlarini;
  •  Laboratoriya oʻlchov jihozlarini;
  •  Nasoslar, kompressorlar, klapan va zadvijkalarni boshqarishni;

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport;
  • mehnat daftarchasi (mavjud bo’lsa);
  • suv taʼminoti va kanalizatsiya yoʻnalishlari boʻyicha  oʻrta maxsus texnik taʼlim diplomi yoki “Tozalash inshootlar operatori” guvohnoma

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech