Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tozalash inshootlari operatori

21 Yanvar 2026, 8:47 1586

2026-yilning 21-yanvardan 26-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

  • Ma’lumoti: oliy yoki o‘rta-maxsus.

Ko‘nikmalari:

  • Texnik adabiyotlar, ma’lumotnomalar jadvallaridan foydalana olish;
  • Suvlarni tayyorlash asoslarini;
  • Tahlillar namunalari olish nuqtalarini;
  • Suvni bosimi va harorati, suv inshootlari sathi, tozalash inshootlari loy va cho‘kmalarini sathini nazorat qiluvchi asboblar bilan ishlash.
  • Murakkab o‘lchov va nazorat vositalaridan foydalanish maqsadi va shartlarini bilishi.
  • Tozalash jarayoni parametrlari va jarayoni nazorat qilish qoidalarini bilish.
  • Jurnalni yuritish va suv oqova sarfini hisobga olish qurilmalaridan ko‘rsatkichlarni olish.
  • Tahlil va hisoblash usullarini bilish.
  • Xizmat ko‘rsatiladigan hududning joylashuv sxemasini bilish.
  • Maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz saytidan olingan ish staji to’g’risidagi ma’lumot.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech