Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Traktorchi

24 Sentyabr 2025, 9:44 789

2025-yilning 24-sentyabrdan 26-sentyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Jizzax viloyati, Zomin tumani, Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar:

  • Ish boshlanishidan oldin dvigateldagi, gidrobochkadagi moy darajasini va radiatordagi suv darajasini tekshirish. Dvigatelni qizdirgandan keyin shinalardagi bosimni, akkumulyator batareyalarida elektrolit mavjudligini tekshirish.
  • Uzellar va detallarning mazmuni va mahkamlanishini tekshirish.
  • Traktorni soz holatda saqlash.
  • Tashilayotgan yuklarni ortish, mahkamlash va tushirishni kuzatish.
  • Traktor ishidagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.
  • Traktorni joriy ta’mirlash va xizmat ko’rsatiladigan traktor va tirkama qurilmalarini ta’mirlashning boshqa barcha turlarida ishtirok etish.
  • Garajdan chiqishda yoki yo’lda nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda traktorchi voqea haqida darhol direktorni xabardor qilishi shart.

Тalablar:

  • Ma’lumoti: o’rta maxsus.
  • Ish staji: kamida 3 yil.
  • Haydash huquqi (tegishli toifadagi sertifikat).

 Asosiy ko`nikmalar:

  • traktorda ishlay olish;
  • traktorni mustaqil ravishda ta’mirlash mahorati;
  • ishbilarmonlik bilan muloqot qilish.
  • Maxsus tayyorgarlik profili: talab qilinmaydi.
  • Traktorchi quyidagilarni bilishi kerak:
  • Xizmat ko’rsatiladigan traktorning ishlash prinsiplari va tuzilishi, ko’cha harakati qoidalari. Turli yuklarni ortish, qo’yish, bog’lash va tushirish qoidalari.
  • Tirkama moslamalar va qurilmalar bilan ishlashni amalga oshirish qoidalari.
  • Traktor ishidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish usullari.
  • Xizmat ko’rsatiladigan dvigatelning quvvati va tirkamali moslamalarning cheklangan yuklamasi.
  • Tashilayotgan yuklar yoki bajarilgan ishlar uchun qabul qilish-topshirish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech