• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Yetakchi sozlovchi muhandis

28 Mart 2024, 10:14 594

2024-yil 28 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Talablar:

  • Ma'lumoti: oliy texnik;
  • Ish tajribasi: Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo'yicha kamida 3 yil;
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish standartlari va qoidalarini bilish;
  • Tarmoq texnologiyalari va protokollarini bilish;
  • Texnik hujjatlarni o'qish darajasida ingliz tilini bilish;
  • Elektr sxemalarini o'qiy olishi;
  • NO’A va A ni bilish;
  • Avtomatlashtirishning funktsional sxemalarini o'qish qobiliyati;
  • Avtomatlashtirish bo’yicha ishga tushirish tajribasi;
  • Xodimlarni boshqara olish;
  • Texnik hujjatlarni ishlab chiqish va loyihalash tartibini bilish;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalana olish.

Majburiyatlari

  • Yangi kiritilgan texnologik jarayonlarni o'lchash, boshqarish va avtomatlashtirish tizimlari uchun loyiha hujjatlarini o'rganadi;
  • 3 – MBFning TJABT xizmati loyihalari, rejalari va ish jadvallarini ishlab chiqishda, NO'AvaA sektorini sozlash guruhining rejalari va ish jadvallarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • NO'AvaA sektorining sozlash guruhi xodimlari tomonidan sozlash ishlarini ishlab chiqarish uskunalari va vositalaridan oqilona foydalanish bilan texnik qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydi;
  • Avtomatlashtirish tizimlari xizmat ko'rsatadigan parametrlar va boshqarishning nazorati uchun TJABT xizmatining boshqa bo'linmalari va 3-MBF xodimlari bilan texnologik uskunalarni ishlatish, ta'mirlash va texnologik jarayonlarni boshqarish bilan bog'liq bo'lgan sozlash ishlarini bajarishda samarali ta'sirni ta'minlaydi;
  • NO'AvaA sektorining sozlash guruhini asbob-uskunalar, namunaviy va nazorat asboblari bilan ta'minlash uchun arizalar tuzadi;
  • Nazorat qiluvchi organlarning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik talablari buzilishini bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalariga o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi;

Asosiy vazifalari

  • Ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida fabrikaning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida nazorat, o'lchash va rostlash vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Fabrika bo'linmalarida texnologik jarayonlarni boshqarish, o'lchash va avtomatlashtirishning yangi vositalari va tizimlarini joriy etish va modernizatsiya qilish bo'yicha ishlarni texnik qo'llab-quvvatlash;
  • 3-MBFini o'lchash, boshqarish va avtomatlashtirish vositalari va tizimlarini ta'mirlash va sozlash bo'yicha muhandislik yordami;
  • Nazorat, o'lchash va avtomatlashtirish tizimlarining ishonchli, xavfsiz va muammosiz ishlashini ta'minlash uchun fabrika bo'linmalari xodimlari tomonidan nazorat va o'lchash asboblari va avtomatlashtirish vositalariga texnik xizmat ko'rsatish samaradorligini tahlil qilish;
  • Nazorat, o'lchash va avtomatlashtirish tizimlarining ishlashidagi nosozliklar va baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlash va tahlil qilish, aniqlangan sabablarni bartaraf etish va kelajakda takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ishlab chiqish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech