Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Xomashyolarni qabul qilish, ularni tayyorlash, yarim tayyor xomashyolarni va tayyor mahsulotlarni jo’natish apparatchisi (emulsiyali portlovchi moddalar ishlab chiqarishda)

16 Yanvar 2026, 13:6 1487

2026-yilning 16-yanvardan 23-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: talab etilmaydi;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Faqat uning vazifasiga kiruvchi ishlarni bajarish;
  • Texnologik uskunalarda ish davomida uzluksiz ishlash;
  • Ish joyini toza saqlash, o’tish joylarini ifloslantirmaslik;
  • Emulsiyali portlovchi mahsulotlarni tayyorlashda hom-ashyolar sarflanishi miqdorlariga rioya qilinishini ta’minlash;
  • Korhona manziliga yuborilgan hom-ashyolarni (24-50 kilogrammli yuklar) tushirish;
  • Balandlikda (6-20 metrgacha) joylashgan donalangan selitra mahsulotlarini saqlovchi bunkerlarning ichki qismlarini tozalash, ta’mirlash va tekislash ishlarini yillik tuzilgan jadval asosida xavfli ishlarning naryad-ruxsatnomasiga binoan olib borish;
  • O’t o’chirish vositalarining to’g’ri saqlanishini va yaroqlilik muddati o’tib ketmasligini kuzatib borish.

Talablar:

  • Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo’lish.

Asosiy ko'nikmalar:

  • Xomashyolarni qabul qilish, ularni tayyorlash, yarim tayyor xomashyolarni va tayyor mahsulotlarni jo’natish apparatchisi bilishi kerak:
  • Portlovchi moddalarni ishlab chiqarishdagi tehnologik uskunalarning holatini shaxsan ko’zdan kechirib, tekshirib chiqishni.
  • Texnologik uskunaning issiqlik izolyatsiya o’ramasi mavjud va butunligini, begona predmetlarning va iflosliklar uskunalarda, ammiakli selitrani qabul qilish bunkerlarida, qadoqlash liniyasida yo’qligini tekshira olishni.
  • Portlovchi moddalar ishlab chiqarishdagi asosiy va yordamchi materiallarning hususiyatlari va ular bilan ishlashda ehtiyotkorlik talablarini;
  • Shaxsiy himoya vositalarini ishlash talablarini;
  • Portlovchi moddalarni ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi (mavjud bo’lsa);
  • portlovchi moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash huquqini beruvchi maxsus guvohnoma;

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech