Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Hududni obodonlashtirish ishchisi

05 Iyun 2026, 8:46 674

2026-yilning 5-iyundan 8-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyatlar:

  • Hududlarni koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish (daraxt, butalar, gullar ekish);
  • Gazon (chaman) yotqizish va parvarish qilish;
  • Sugʻorish tizimlarini oʻrnatish va nazorat qilish;
  • Yerni tayyorlash: kovlash, tekislash, oʻgʻitlash ishlarini amalga oshirish;
  • Landshaft loyihasiga muvofiq ishlash;
  • Qurilish va bogʻdorchilik asbob-uskunalaridan toʻgʻri foydalanish;
  • Hududni toza va tartibli saqlash.

 Тalablar:

  • Ma'lumoti: o'rta, yoki o‘rta maxsus. (Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha ta`lim olganligi ustunlik qiladi);
  • Ish tajribasi:obodonlashtirish bo`yicha ish tajribasi va kamida 1 yil.

Asosiy ko`nikmalar:

  • Jismoniy jihatdan baquvvat va mehnatga layoqatli boʻlish;
  • Koʻkalamzorlashtirish yoki qurilish sohasida tajriba afzallik beradi;
  • Jamoada ishlay olish qobiliyati;
  • Masʼuliyatli va intizomli boʻlish;
  • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
  • Daraxt va oʻsimliklarni ekish va parvarish qilish koʻnikmasi;
  • Yer ishlarini bajarish (kovlash, tekislash);
  • Sugʻorish tizimlari bilan ishlash;
  • Asbob-uskunalardan foydalanish (lopata, ketmon, trimmer va boshqalar).

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport;
  • Diplom (agar bo‘lsa);
  • Mehnat daftarchasi yoki gov.uz  portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech