Yetakchi muhandis-tizim maʼmuri
24 Dekabr 2025, 14:42
945
2025-yilning 24-dekabrdan 27-dekabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP-tizimini joriy etish loyixa ofisi Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:
Talablar:
- Ma’lumoti:Oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim.
- Ish tajribasi:
- Oliy ma’lumotga yoki tegishli sertifikatlarga ega nomzodlar uchun — ish tajribasi talab etilmaydi.
- O‘rta maxsus ma’lumotga ega nomzodlar uchun — IT sohasida kamida 3 yil ish tajribasi talab etiladi.
Majburiyatlar:
- Korxonaning server va tarmoq IT-infratuzilmasi ekspluatatsiyasini tashkil etish va nazorat qilish.
- Server operatsion tizimlarini (Linux, Windows Server) administratsiyalash.
-
Virtualizatsiya tizimlarini administratsiyalash va ularning arxitekturasini nazorat qilish
(VMware, Proxmox, Hyper-V).
- Ma’lumotlarni saqlash tizimlari va zaxira nusxalash tizimlarini administratsiyalash.
- IT-servislarning ishonchliligi, rezervlanishi va tiklanishini ta’minlash.
-
Tarmoq servislar va infratuzilmani administratsiyalash
(DNS, DHCP, AD/LDAP, VPN, VLAN).
-
IT-infratuzilmani monitoring qilish, nosozlik va avariyalarni tahlil qilish
(Zabbix, Prometheus va shunga o‘xshash tizimlar).
- O‘z mas’uliyat doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash.
- Hodisa va nosozliklarni tekshirishda ishtirok etish, asosiy sabablarni tahlil qilish va tuzatish choralarini ishlab chiqish.
- IT-infratuzilmasidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, yangi tizim va servislarni qabul qilishda ishtirok etish.
- Loyiha jamoalari, pudratchilar va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan hamkorlik qilish.
- Ekspluatatsion va texnik hujjatlarning dolzarbligini yuritish va nazorat qilish.
- Administratorlarga metodologik rahbarlik qilish va murabbiylik (mentorlik).
- Korxona ekspluatatsiya reglamentlari, standartlari va buyruqlariga rioya qilish.
Bilim va ko‘nikmalar:
- Korporativ IT-infratuzilma arxitekturasi.
- Server uskunalari va ma’lumotlarni saqlash tizimlari.
- Tarmoq texnologiyalarini bilish (TCP/IP, VLAN, VPN).
-
Ma’lumotlar bazalari bo‘yicha chuqur bilimlar
(PostgreSQL, MySQL, Oracle va boshqalar — administrator darajasida).
- Ishonchlilik, rezervlash va avariyadan tiklash (Disaster Recovery) prinsiplari.
- Konteynerlash va servis muhitlari asoslari (Docker — ma’qul).
- Texnik va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash.
- Hisobot va tahliliy materiallarni tayyorlash.
- Jamoaviy ishlarni tashkil etish va vazifalarni taqsimlash.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).