Yoqilgʼi va yonilgʻi-moylash materiallari quyish operatori
16 Yanvar 2026, 11:12
1480
2026-yilning 16-yanvardan 23-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:
- Kerakli ish tajribasi: 1 yildan kam bo’lmagan ish tajribasi;
- Bandlik: to'liq ish kuni.
Vazifalar:
- YYMM (Yoqilgʼi va yonilgʻi-moylash materiallari) quyish operatori moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnomaga asosan YYMM va tovar moddiy boyliklari butligi uchun toʼliq moddiy javobgarlikni taʼminlash.
- Yoqilgʼi tarqatishning avtomatlashtirilgan tizimida nosozlik yuzaga kelganda, nosozlik bartaraf etilgunga qadar yoʼl va yoqilgʼi tarqatish varaqalariga asosan har bir transport vositasining raqam belgisi, turi va rusumiga muvofiq holda YYMM tarqatilishini amalga oshirish.
- YYMM harakatlarini (kirim, chiqim, qoldiq va boshq.) oʻzining maxsus daftariga rasmiylashtirib, qayd etgan holda oʼzining smenalik hisobotini tuzish ishlarini amalga oshirish.
- Amalda boʼlgan meʼyoriy hujjatlar va yoʼriqnomalar talablariga muvofiq YYMM harakat hujjatlari asosida hisobotlarni oʼrnatilgan tartibda 1C dasturiy tizimi orqali oʼz vaqtida tayyorlab, Portlovchi materiallar zavodi (keyingi matnlarda – PMZ) hisobxonasiga topshirish.
- Xavfsiz mehnat sharoitlari talablarini toʼliq bajarib borish.
- Omborxonaga yetkazib berilayotgan YYMM va TMB qabul qilish va tarqatish ishlarida shaxsan ishtirok etish.
Talablar:
- “Neft, yoqilgʼi va yonilgʻi-moylash materiallari” kasbi bilan bogʻliq boʻlgan oʼrta maxsus maʼlumotga yoki “Avtomobillarga yoqilgʻi quyish operatori” guvohnomasiga ega boʻlish.
- Turdosh kasblarda 1 yildan kam boʻlmagan mexnat faoliyatiga ega boʻlish.
Asosiy ko'nikmalar:
- Yoqilgʼi va yonilgʻi-moylash materiallari quyish operatori bilishi kerak:
- Xizmat koʼrsatilayotgan qurilma, uskunalar va nazorat-oʼlchov vositalaridan toʼgʼri foydalana olishni.
- Yoqilgʼi va yonilgʻi-moylash materiallarining tashqi tomondan farqlarini, ularning fizik va kimyoviy xossalarini.
- Qishgi va yozgi mavsumlarda qoʼllaniladigan barcha YYMMning nomlanishi va turlarini.
- Qabul qilib olinayotgan, tarqatilayotgan YYMM va TMB uchun buyurtmalar, hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish tartiblarini.
- YMMni saqlash va tarqatish qoidalarini.
- YTU (Yoqilg’ tarqatish ustuni), oʼlchov vositalari va asboblarini tekshiruvlardan oʼtkazish muddatlarini.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom;
- “Avtomobillarga yoqilgʻi quyish operatori”guvohnomasi;
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).