Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Yuk ortuvchi haydovchisi

16 Yanvar 2026, 13:39 1310

2026-yilning 16-yanvardan 23-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: 1 yildan kam bo’lmagan;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Ish boshlashdan oldin dvigitel, gidravlika tizimlarini tekshirish.
  • Ovoz signali, faralar o'chirgichlari, orqa chiroq, tormoz chiroqlari va burilish chiroqlari ishlayotganligiga ishonch hosil qilish;
  • Yuklarni yuklash, tushirish, ko'chirish va yig'ish jarayonida avtoyuklagichni barcha maxsus mexanizmlarini va qurilmalarini boshqarish;
  • Yuklagich, yuk ortish mexanizmlari va qurilmalarini profilaktik ta'mirlashda ishtirok etish;
  • Yuklagich mexanizmlarining ishlash jarayonidagi nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish.

Talablar:

  • “B“ toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lish;
  • Yuk ortish transportini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo’lish.

Asosiy ko'nikmalar:

  • Yuk ortuvchi  haydovchisi bilishi kerak:
  • Yuk ko'tarish ishlari va ichki yonuv dvigateli ishlash prinsiplari;
  • Gidravlika tizimi ishlash prinsiplari, barcha transport vositalarida yuklarni yuklash va tushirish usullari;
  • Yuklarni ko'tarish, ko'chirish va yig'ish qoidalari.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport;
  • mehnat daftarchasi;
    • “B“ toifali haydovchilik guvohnomasi;
    • Yuk ortish transportini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

    Bo`lishmoq:
    Text to speech