• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga tabrik

27 Iyun 2023, 8:23 1300

Qadrli ommaviy axborot vositalari xodimlari, hurmatli jurnalistlar va blogerlar!

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni – kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etaman!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan ommaviy axborot vositalari bugungi kunda mamlakat rivoji uchun fidoyi mehnat qilayotgan haqiqiy jonkuyarlarni o‘zida jam etgan muhim sohaga aylandi.

Mamlakatimizda so‘z erkiniligi, ochiqlik va oshkoralik, hayotimizning mezoniga aylandi. Bu ommaviy axborot vositalariga, jurnalistlarga yanada ulkan mas'uliyatlarni yuklaydi.

Ijod ahli, jurnalist va blogerlar bugun jamiyatimizda ro‘y berayotgan voqeliklar va kundalik turmushimizdagi turli muammo va kamchiliklarni ochiq oydin aytish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu albatta mutasaddi rahbarlarni muammolarga yanada e'tiborliroq bo‘lishga undamoqda.

Bugun Sizlar xalqimiz va rahbarlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tamoqdasiz. Bevosita Sizlarning sa'yi-harakatlaringiz bilan yillar davomida yechimini topmagan muammolar hal bo‘layapti. Mas'ullar ommaviy axborot vositalarida yoritilgan har bir tanqidni to‘g‘ri qabul qilib, uning aniq yechimi bilan shug‘ullanishmoqda.

Qolaversa, globallashuv davrida turli xil ziddiyatlar kuchayib borayotgan paytda xolis va haqqoniy axborotlarni tezkorlikda xalqimizga yetkazib berish muhim sanaladi. Bunda albatta, Siz jurnalistlarning yuksak kasbiy mahoratingizga tayanamiz.

Bunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Axborot xizmati ham zamon bilan hamnafas holda tezkorlik va haqqoniylik tamoyili asosida zamonga mos faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, “Rangli metallar” va “За цветные металлы” gazetalari, Internet va media ommaviy axborot vositalari tahririyati, “OKMK TV” telekanali ijodiy xodimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotdagi islohotlarni, kombinat va shahar hayotini xolis yoritishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Bu o‘z navbatida ish samaradorligi va sifatiga ijobiy ta'sirini ko‘rsatayapti.

Olmaliq shahrining ko‘p yillik tarixga ega ko‘hna nashri bo‘lgan “Алмалыкский рабочий”, yurtimiz mustaqilligi bilan tengdosh - “Olmaliq hayoti” gazetalari ham hamshaharlarimiz hayoti, mamlakatimiz, jamiyatimizda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarni mushtariylarga yetkazib berishda alohida ahamiyatga ega.

Fursatdan foydalanib, kombinat va shahar ommaviy axborot vositalari xodimlarini, soha faxriylarini kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklayman!

Zimmangizdagi mas'uliyatli, ammo sharafli vazifani vijdonan bajarishingizda kuch-quvvat, sihat-salomatlik va ijodiy barkamollik tilayman.

Doimo qalamingiz o‘tkir bo‘lsin!

Abdulla Xursanov,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi, senator

Bo`lishmoq:
Text to speech