"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Mis boyitish fabrikasi ishchi-xodimlari yosh oilalari o‘rtasida "Eng yaxshi sportchi oila" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda fabrikada ishlovchi ota yoki ona turmush o‘rtog‘i va 1 farzandidan iborat jamoa bo‘lib ishtirok etdi.
Oilalar musobaqada sportning uzunlikka sakrash, to‘p uloqtirish, ona va farzand uchun sakrash, otalar uchun turnikda tortinish va estafeta yugurish kabi turlari bo‘yicha kuch sinashishdi.
Musobaqada Abdukarimovlar, Mamayusupovlar, Janibekovlar, Djurayevlar, O‘lmasovlar oilasi faol ishtirok etishdi va unda mutlaq g‘oliblikni Abdukarimovlar oilasi qo‘lga kiritdi.
Barcha ishtirokchilar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Bobur Sobirjonov,
MBF Yoshlar ittifoqi raisi