Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 16-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh energetik-2022” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.
OKMK Yoshlar ittifoqi hamda Bosh energetik xizmati hamkorligida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini, kasbiy mahoratlarini namoyon etishdi.Shuningdek, tanlov ipgshrokchilari nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko‘rsatishlari talab etildi.
Tanlovning 1-bosqichida ishtirokchilar 20ta test savollariga javob berishdi.
Keyingi bosqichga 10 nafar ishtirokchi saralab olindi. Ikkinchi bosqichda qatnashchilar elektr sxemani yig‘ish bo‘yicha amaliy bilimlarinin sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov natijalariga ko‘r, Elektr tarmoqlari boshqarmasi sharafini himoya qilgan Dilshod Abduvaliyev “Eng yaxshi yosh energetik” deya e'tirof etildi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rin esa chodak kon boshqarmasi vakillari Islomjon Dehqonboev hamda Tohirjon Ergashevlarga nasib etdi.
G‘oliblar diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tanlov g‘olibi Bosh energetik xizmatida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, uning nomzodi rahbarlik lavozimi zahirasi uchun tavsiya etildi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari ham o‘z korxonalarining bosh energetiklariga malaka oshirish uchun biriktirildi.
Axborot xizmati