Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmati ishchi-xodimlari yoshlarining ma'naviy marifiy ko‘nikmalarini shakillantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Diniy ekstrimizm va xalqaro terrorizm yoshlar kelajagiga tahdid" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Ramazoni sharif jome masjidi imom xatibi Husniddin Ortiqov ishtirok etib, mavzu yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdi.
Sir emas, bugun Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to’qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Mazkur hududlarda din niqobi ostida ochiqdan-ochiq zo’ravonlik, buzg’unchilik, insoniylikka zid, vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo’l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi.
Ekstremistik oqimlar o’z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Bahzi yoshlarimiz «o’rgimchak to’ri» orqali terrorchi tashkilot, aqidaparast guruhlar tahsiriga tushib qolishi, mutaassib shaxslarning mahruzalarini diskda yoki qo’l telefoni xotirasida saqlab, tinglab yurish holatlari mavjud. Ayniqsa, hatto o’smir yoshdagi bolalar jangarilarning faoliyatini targ’ib qiluvchi materiallarni telefonda qo’lma-qo’l qilayotganlari yanada achinarlidir.
Ta`kidlash joizki, tinchlikni ulug’ nehmat, deb e`lon qilgan dinimizda inson bu yo’lda nafaqat amal bilan, balki so’z bilan ham zarar keltirishdan `aytarilgan. Shu nuqtai nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yo’lida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan sahy-harakatlarni qo’llab-quvvatlashlari va qo’lidan kelgancha ularga yordam berishlari lozim.
Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo’shish - har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo’lishidan qathiy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo’lib qolmog’i lozim, - deydi Husniddin Ortiqov
S. Raximov,
IHQX Yoshlar ittifoqi raisi